☰ Darslar2 / 14
02-DARS
🤝

Nega AI savodxonligi kerak? Uch xil hamkorlik

Why do we need AI Fluency?
⬇ pastga suring

AI bilan «ravon ishlash» faqat tez buyruq yozish emas. Ishingiz qanday ekanini, AI qanday rol o‘ynayotganini va natija oqibatini tushunasiz.

Hamkorlikning uch ko‘rinishi

AutomationAugmentationAgency3 xil ishusuli

Bular «past → yuqori daraja» emas. Vazifaga mosini tanlaysiz. Bitta loyihada uchalasi ham bo‘lishi mumkin.

1

Automation

Aniq vazifani AI bajaradi. Nima qilish kerakligini asosan siz aytasiz.
Masalan: matnni tarjima qilish.
IN LAVASH MISOLI
Kunlik buyurtma izohlarini «kechikish», «ta’m», «qadoq» guruhlariga ajratish. Natija oldindan aniq — bu Automation.
2

Augmentation

Siz va AI birga fikrlaysiz. AI taklif beradi, siz tajriba bilan baholaysiz, keyingi taklif o‘zgaradi.
IN LAVASH MISOLI
Yangi kombo g‘oyasini AI bilan muhokama qilish. Siz marja va oshxona yuklamasiga qarab tanlaysiz — bu Augmentation.
3

Agency

AI’ni sizning nomingizdan mustaqil ishlaydigan qilib sozlaysiz. Unga bilim, xulq va chegara berasiz.
IN LAVASH MISOLI
Ombor ma’lumotini kuzatib, kamayayotgan mahsulotlar ro‘yxatini o‘zi tayyorlaydigan yordamchi — Agency. Lekin xarid va to‘lov qilishga vakolati yo‘q.
Agency — «hamma narsaga ruxsat» degani emas. Vakolat va nazoratni siz belgilaysiz. Javobgarlik sizda qoladi.

Qachon qaysi biri?

🎯 ANIQ / NOANIQ
Natija oldindan aniq → Automation
Yechim hali noaniq → Augmentation
🤖 MUSTAQIL
Yo‘nalishni belgilaysiz, har qadamni emas → Agency

✍️ Mashq

Bir ish kuningizdagi uchta vazifani yozing. Har birini qaysi usulda qilish kerak? Nega? AI’ga qanday vakolat bermaysiz?

🔤 Inglizcha atamalar

Kartani bosing — o‘zbekchasi chiqadi. Imtihonda aynan shu so‘zlar uchraydi.

Automation🔊 otomeyshen
Automationaniq vazifani avtomatlashtirish
Augmentation🔊 ogmenteyshen
Augmentationbirga fikrlab, imkoniyatni kengaytirish
Agency🔊 eyjensi
Agencyvakolat doirasida mustaqil ish
Behavior🔊 biheyvyer
Behaviorxulq, ishlash uslubi
On your behalf🔊 on yor bihaf
On your behalfsizning nomingizdan

🧪 Mini-test

1. AI berilgan matnni tarjima qildi. Qaysi ko‘rinish?

Aniq topshiriq, aniq natija — Automation.

2. Siz va AI kombo g‘oyasini birga qayta ishladingiz. Qaysi?

Birga fikrlash va tuzatish — Augmentation.

3. Agency’da faqat bitta aniq topshiriq beriladimi?

Mustaqil ish uchun bilim, xulq va chegara ham beriladi.

4. Agency javobgarlikni AI’ga o‘tkazadimi?

Nazorat va javobgarlik odamda.