☰ Darslar12 / 14
12-DARS
🛡️

Diligence: xavfsizlik va javobgarlik

A closer look at Diligence
⬇ pastga suring

Diligence — mas’uliyat. Natija tez bo‘lishi yetmaydi: halol, xavfsiz va ishonchli ham bo‘lsin. Kurs buni mashina haydashga o‘xshatadi: faqat tez yetish emas, yo‘ldagilar xavfsizligi ham muhim.

Diligence’ning uch turi

CreationTransparencyDeploymentDiligence
1

Creation Diligence

Yaratish paytida. Qaysi AI tizimini tanlaysiz? Kiritayotgan ma’lumot kimga tegishli? Yuborganda kimlar ko‘rishi mumkin?
IN LAVASH MISOLI
Mijoz shikoyatlarini tahlil qilishdan oldin telefon va ismni olib tashlang. Vosita shartlarini tekshiring.
2

Transparency Diligence

AI hissasini ochiq ayting. Kim bilishi kerak? Qachon, qancha tafsilot bilan?
IN LAVASH MISOLI
Jamoaga qoralamada AI yordam berganini aniq ayting.
3

Deployment Diligence

Ishlatish yoki ulashishdan oldin tekshirish. AI yozgani sifat talabini pasaytirmaydi.
IN LAVASH MISOLI
AI allergen ma’lumotini yozdi. Tekshirmasdan menyuga chiqarish mumkin emas! Haqiqiy tarkib va yetkazib beruvchi ma’lumotiga solishtiring, mas’ul odam tasdiqlasin.
🔍 DISCERNMENT
Discernment: «natija va jarayon sifatlimi?»
🛡️ DEPLOYMENT
Deployment Diligence: «ishlatishdan oldin tekshirdimmi va javobgarlikni olyapmanmi?»

Diligence Statement

AI hissasi va sizning javobgarligingizni ochiq yozadigan qisqa bayonot:

NAMUNA
«Ushbu hujjatni tayyorlashda [AI nomi]dan qoralama uchun foydalandim. [Narsalar]ni [usul] bilan tekshirdim. Yakuniy mazmun mening maqsadimga mos. Aniqligi uchun javobgarlikni o‘z zimmamga olaman.»
Faqat haqiqatda bajargan tekshiruvni yozing. Tekshirmagan ishni «tekshirildi» demang!

🔤 Inglizcha atamalar

Kartani bosing — o‘zbekchasi chiqadi. Imtihonda aynan shu so‘zlar uchraydi.

Creation Diligence🔊 krieyshen dilijens
Creation Diligenceyaratishdagi mas’uliyat
Transparency Diligence🔊 transperensi dilijens
Transparency DiligenceAI hissasini ochiq ko‘rsatish
Deployment Diligence🔊 diployment dilijens
Deployment Diligenceishlatish/tarqatishdagi javobgarlik
Disclosure🔊 diskloujer
Disclosurema’lumotni oshkor etish
Accountability🔊 akauntabiliti
Accountabilityhisobdorlik, javobgarlik
Privacy🔊 prayvesi
Privacyshaxsiy ma’lumot daxlsizligi
Diligence statement🔊 dilijens steytment
Diligence statementAI hissasi va mas’uliyat bayonoti

🧪 Mini-test

1. Telefon va ismlarni olib tashlash — qaysi Diligence?

Ma’lumot kiritishdan oldingi mas’uliyat — Creation.

2. Jamoaga AI yordam berganini aytish — qaysi?

AI hissasini ochiq aytish — Transparency.

3. Allergen ma’lumotini menyudan oldin tekshirish — qaysi?

Ishlatishdan oldin tekshirish — Deployment.

4. AI yozgan matn uchun kim javob beradi?

Ishlatgan yoki ulashgan odam javob beradi.

5. Tekshirmagan ishni «tekshirildi» deyish mumkinmi?

Halollik asosiy qoida.