06-DARS
📤
Delegation: ishni taqsimlash
A closer look at Delegation
⬇ pastga suring
Delegation — maqsadni tanlash, ishni bo‘laklash, kim nimani qilishini belgilash. Faqat «AI qila oladimi?» emas, «AI’dan foydalanish ma’qulmi?» deb ham so‘rang.
Delegation — uch tayanch
1. Problem Awareness — muammoni anglash
Avval o‘zingizdan so‘rang:
- Nima yaratmoqchisiz yoki qaysi muammoni hal qilmoqchisiz?
- Yaxshi natija qanday ko‘rinadi?
- Qaysi ish oddiy, lekin ko‘p vaqt oladi?
- Qayerda noaniqlik bor?
- Qayerda bilim yetishmaydi?
- Qayerda muhim insoniy qaror kerak?
Maqsadni tushunmasangiz, eng kuchli AI ham sizni to‘g‘ri joyga olib bormaydi.
IN LAVASH MISOLI
Food cost oshdi. «Savdoni oshir» demang. Avval maqsad: xomashyo sarfi, chiqindi va sotuv tarkibini solishtirish. Bu — Problem Awareness.2. Platform Awareness — vositani anglash
Har AI tizimining kuchi turlicha. Biri tez, biri chuqur. Fayl, qidiruv bilan ishlay oladimi? Qanday cheklovi bor?
Bitta «eng zo‘r» modelni abadiy tanlamang. O‘z vazifangizda sinab ko‘ring. Platformalar tez o‘zgaradi.
IN LAVASH MISOLI
AI jadvalni o‘qiy olishini avval tekshirish — bu Platform Awareness.3. Task Delegation — vazifani taqsimlash
IN LAVASH MISOLI
AI jadvaldan farqlarni topadi. Oshpaz amaldagi porsiyani o‘lchaydi. Qarorni rahbar chiqaradi. Bu — Task Delegation.Maqsad hamma narsani avtomatlashtirish emas. Odam va AI kuchli tomonlari birga ishlasin.
🔤 Inglizcha atamalar
Kartani bosing — o‘zbekchasi chiqadi. Imtihonda aynan shu so‘zlar uchraydi.
Problem Awareness🔊 problem avernes
Problem Awarenessmuammo va maqsadni anglash
Platform Awareness🔊 platform avernes
Platform Awarenessvosita imkoniyati va cheklovini bilish
Task Delegation🔊 task deligeyshen
Task Delegationvazifani o‘rinli taqsimlash
Domain expertise🔊 domeyn ekspertiz
Domain expertisesoha tajribasi
Human judgment🔊 hyuman jajment
Human judgmentinsonning tajribaga tayangan qarori
🧪 Mini-test
1. «Qaysi muammoni hal qilyapman?» — qaysi komponent?
Muammo va maqsadni anglash.
2. AI fayl bilan ishlay olishini tekshirish — qaysi?
Vosita imkoniyatini bilish.
3. Ishni odam/AI/ikkalasiga bo‘lish — qaysi?
Vazifani taqsimlash.
4. Muhim insoniy hukm kimda qolishi kerak?
Muhim hukm odamda qoladi.